Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqaradagi teraktni qoraladi va Turkiya bunday teraktlarni amalga oshiruvchi "malay"lar bilan faol kurashadi, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
"Biz Anqaradagi qabih teraktni darg‘azablik bilan qoralaymiz. Biz mamlakat ichida ham, uning sarhadlari ortida ham terrorchilikka qarshi kurashimizni davom ettiramiz. Bunday qabihliklarni amalga oshiruvchilarda na ma'naviy, na insoniy qadriyatlar bor", deb aytdi Erdo‘g‘an.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 61 kishi jarohat olgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, harbiylar yotoqhonasi oldida qoldirilgan minalashtirilgan avtomobil portlatilgan.