Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqarada harbiylar yotoqxonasi oldida sodir etilgan portlash tufayli Ozarbayjonga safarini qoldirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Erdo‘g‘anning Ozarbayjonga safari 18 fevralga belgilangan edi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 28 halok bo‘lgan, 61 kishi yaralangan.
Avvalroq yo‘l chetida qoldirilgan minalashtirilgan avtomobil portlagani ma'lum qilingandi.
Turkiya hukumati portlashni terakt deb aytdi.