Dovudo‘g‘li Iroqdagi kurdlarning yetakchilari yo‘q qilingani haqida ma'lum qildi

Jahon 15:22 / 18.02.2016 3355

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Iroq shimolida kurdlarga qarshi amalga oshirilgan amaliyotlar natijasida 60-70 nafar jangari yo‘q qilingani haqida hisobot berdi. Reyter agentligi xabarida aytilishicha, bu hujumlar orqali bartaraf etilganlar orasida "Kurdiston ishchilar partiyasi" yetakchilari ham bo‘lgan.

Uning aytishicha, Turkiya Suriya shimolidagi kurdlarga, xususan "Mustaqil xalq mudofaa kuchlari" (YPG) tashkiloti marralariga ham zarbalar beradi.

Bundan oldinroq, 17 fevral kuni Anqarada sodir etilgan terakt "Kurdiston ishchilar partiyasi" qanoti hisoblangan suriyalik kurdlar tomonidan amalga oshirilgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: