Avstraliya general-gubernatori Piter Kosgrouv Kanberrada hukumatning yangi a'zolari qabul qilgan qasamyodni qabul qilib oldi.
"Bosh vazir Malkolm Ternbull vazirlar mahkamasida xodimlarni asosan zarurat yuzasidan almashtirdi", deb xabar beradi TASS.
O‘tgan hafta hukumatning ikki vakili – bosh vazir o‘rinbosari Uorren Trass va savdo vaziri Endryu Robb siyosatdan ketishlarini e'lon qilishgandi. Robbning o‘rnini Stiven Chobo egalladi.
Barnabi Joys Uorren Trass o‘rniga bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallashi muhim o‘zgarish bo‘ldi. Avval u Milliy partiya rahbari muovini vazifasida faoliyat yuritgan. An'ana bo‘yicha Joys qishloq xo‘jaligi va suv resurslari vaziri lavozimini ham saqlab qoladi.
Yangi bosh vazir ko‘pchilikka Avstraliyaga noqonuniy olib kirilgan ikkita zotdor kuchuk tufayli Gollivud aktyori Jonni Depp bilan sudlashgani bilan mashhur.
Avstraliyaning o‘zida uni qat'iyatli, saylovchilari manfaatlari yo‘lida jonbozlik ko‘rsata oladigan siyosatchi sifatida qadrlashadi.
Hokimiyatdagi ushbu o‘zgarishlardan so‘ng, endilikda Avstraliya boshqaruvida olti nafar ayol ham faoliyat yurityapti. Jumladan, tashqi ishlar vaziri Juli Bishop va mudofaa vaziri Maris Peyn.