AQSh MXA rahbari: Parijdagi teraktlar oldini olish mumkin edi

Jahon 11:18 / 18.02.2016 3809

AQSh milliy xavfsizlik agentligi direktori admiral Mayk Rojyers Parijdagi terroristik aktning oldini olish mumkin edi, degan fikrda.

"Agar terroristlarning mobil telefonlarida suhbatlarni shifrlash imkoniyatini taqdim etuvchi ilovalar bo‘lmaganida, balki, Parijdagi to‘polon sodir bo‘lmagan bo‘lardi", deydi admiral.

U ekstrimistlar suhbatlarining ayrimlari shifrlanganligi uchun o‘z vaqtida tayyorlanayotgan teraktni bartaraf qilishning imkoni bo‘lmaganini tan oldi, deb xabar beradi TASS axborot agentligi.

Eslatib o‘tamiz, mas'uliyatini IShID o‘z zimmasiga olgan Parijdagi davomli teraktlar 13 noyabr kuni Stade de France stadionida, Fransiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini chog‘ida sodir bo‘lgan. Ayni o‘sha vaqtda doim gavjum bo‘ladigan Sharon va Volter, Fonten-o-Rua va Aliber ko‘chalarida ham qurolli hujumlar amalga oshirilgan. Bataclan konsert zalida esa tartibsiz o‘qlar uzilgan. Natijada 130 kishi halok bo‘ldi, ulardan 90 nafari konsert zalidagi qurbonlar. Shuningdek, yuzlab kishilar bu xunrezlik tufayli jarohatlangan.

Ko‘proq yangiliklar: