Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk San-bernardinolik terrorchining telefonini ochishda Federal qidiruvlar byurosiga bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgandan keyin, Oq uyning o‘zi kompaniyaga murojaat qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
AQSh prezidenti ma'muriyatida AQSh adliya vazirligi kompaniyadan terrorchiga tegishli yagona qurilmaga kirishni ta'minlashni so‘rayotgani tushuntirildi.
Avvalroq Kaliforniya sudi Apple kompaniyasiga San-Bernardinoda terakt uyushtirgan merganning telefonini blokdan chiqarishda Federal qidiruvlar byurosiga yordam berishni buyurgan. Biroq kompaniya rahbari Tim Kuk sudning bu buyrug‘ini bajarishni rad etgan.
2015 yil 2 dekarbda San-Bernardino shahrida imkoniyati cheklangan odamlar markazi hududida otishma sodir etilgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hujumni Said Rizuan Farruk va uning rafiqasi Tashfen Malik sodir etgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 17 kishi yaralangan.