Turkiya poytaxti Anqarada sodir etilgan terakt qurbonlari soni 20 nafardan oshib ketdi, jarohatlanganlar 61 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Anqara gubernatori Mexmet Qilichlar ma'muriyatiga iqtibos keltirgan holda NTV telekanali xabar berdi.
Minalashtirilgan avtomobil Anqaraning Qiziloy tumanidagi chorrahada mahalliy vaqt bilan soat 18:31 da portlatilgan. Bu terakt svetoforning qizil chirog‘iga Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi harbiylarini olib ketayotgan transport vositasi to‘xtaganda sodir etilgan.
Terakt sababli Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu 18 fevralga belgilangan Bryusselga safarini qoldirdi. Yaqin soatlarda Turkiya xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.