Tehronda Eron, Iroq, Venesuela va Qatar neft vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda

Jahon 20:16 / 17.02.2016 3158

Tehronda Eron, Iroq, Venesuela va Qatar neft vazirlarining to‘rt tomonlama muzokaralari boshlandi. Bu haqda Shana agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, neft vazirlari neft qazib olish darajasini muzlatish taklifini muhokama qilishmoqchi.

Avvalroq Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak va OPeKga a'zo bir qator davlatlar vakillari Qatar poytaxti Dohada neft qazib olish darajasini 11 yanvardagi darajada muzlatishga kelishib olgandilar.

Ko‘proq yangiliklar: