Saudiyalik ayol turmush o‘rtog‘ining telefon qurilmasi olib yurmaslik bo‘yicha shartiga amal qilmagani uchun bu juftlik ajrashdi.
Ma'lum qilinishicha, bu shart bajarilmayotgani tasodifan oshkor bo‘lib qolgan. Erkak va uning ayoli G‘arbiy Jazan provinsiyasida mehmonxonaga kirib ketishayotganida, ularga xavfsizlik qurilmasidan o‘tish aytiladi va shunda ayolning yonidan telefon chiqadi.
“Qurilma ayolning sumkasida mobil telefon mavjudligini ko‘rsatdi. Buni ko‘rgan erkak g‘azablandi va mehmonxonadan chiqib ketdi.
Ayol uning ortidan borib, uzr so‘radi, biroq er ayolining mobil telefondan u bilmagan maqsadlarda ham foydanlanishidan shubha qilib, u bilan ajrashdi”, deya xabar qilgan “Sada” agentligi.