Rossiyada O‘zbekistonning biometrik pasportlarga ega bo‘lmagan fuqarolariga cheklovlar kiritildi

O‘zbekiston 20:39 / 17.02.2016 12462

Rossiya Federal migratsiya xizmatining bir qator viloyat boshqarmalari O‘zbekistonning biometrik pasportlarga ega bo‘lmagan fuqarolariga cheklovlar kiritilishi haqida ma'lumotlar tarqatdi.

Xabarda ta'kidlanishicha, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining 2014 yil 19 martdagi 04-4/3594-sonli notasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining eski, ya'ni nobiometrik namunadagi pasporti o‘zining safar hujjati kuchini O‘zbekiston tashqarisiga 2014 yilning 1 iyuligacha chiqqan shaxslar uchun saqlab qolgan va 2015 yilning 31 dekabrigacha amal qilgan.

Shu sababli Rossiya Federal migratsiya xizmatining hududiy boshqarmalari nobiometrik pasportga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari nomidan vaqtinchalik yashashga ruxsat berish, ishlash patentini olish yoki qayta rasmiylashtirishga arizalarni qabul qilinmaydi.

O‘zbekistonning nobiometrik pasportlar bilan Rossiyaga chiqqan fuqarolari O‘zbekistonning konsullik idorasiga biometrik pasportni yoki O‘zbekistonga qaytishga sertifikatni rasmiylashtirish uchun murojaat qilishlari shart.

O‘zbekistonning Rossiyada vaqtinchalik yashashga ruxsat yoki Rossiyada yashash huquqi bo‘yicha yashayotgan fuqarolari ham biometrik pasport olishlari kerak.

2016 yil 1 yanvardan O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijiy fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lib faqatgina biometrik pasport hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: