O‘zbekistonlik yosh bokschilar Qozog‘istonda 9 ta medalga erishdi

Sport 15:26 / 17.02.2016 2465

Qozog‘istonda 2000-2001 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekistonlik yosh bokschilar to‘qqizta medalni qo‘lga kiritdi.

O‘nga yaqin davlatdan 300 dan ziyod bokschi ishtirok etgan musobaqada Samandar Xolmurodov vazni 46 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida qozog‘istonlik Siddiq Muhammedali, rossiyalik Kagir Minatullayev va Magomed Shamsayev ustidan g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Vazni 70 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida Temur Merjanov ozarbayjonlik Rajab Niftaliyev, qozog‘istonlik Asilbek Qodirbek, Ayat Aytkaliyev va Beken Pernexanni yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

O‘z vazn toifasida Abdumalik Xaloqov, Navo Tamazov kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Javlonbek Yo‘ldoshev, Halimbek O‘tegenov, Abdulaziz Abdupattayev, Asadbek Shodiboyev va Temurbek Sa'dullayev bronza medal bilan taqdirlandi, deb yozadi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

Ko‘proq yangiliklar: