Turkiya poytaxti Anqara shahridagi Qiziloy tumanida harbiylar yotoqxonalari joylashgan hududda kuchli portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda NTV telekanali xabar tarqatdi.
Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li ham bu hodisa haqida rasmiy chiqishida ma'lum qilgan.
CNN Turk telekanali ma'lumotiga ko‘ra, portlash tufayli jarohatlanganlar bor. Qurbonlar haqida aniq ma'lumotlar berilmagan. Voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinalari va boshqa maxsus xizmatlar yo‘l olgan.
Portlash Toshkent vaqti bilan soat 21:30dan o‘tib sodir bo‘lgan. Portlash ovozi shaharning turli chekkalarida eshitilar darajada qattiq bo‘lgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash hududdagi yotoqxona binosi oldiga harbiy mashina kelgan vaqtda sodir bo‘lgan. Portlashdan keyin yong‘in chiqqan, bino ustini quyuq qora tutun qoplagan.
Taxminlarga ko‘ra, bu portlash kurdlar tomonidan sodir etildi.