Niderlandiya qirolligi harbiy havo kuchlariga tegishli F16 rusumli qiruvchi samolyotlar Suriya hududida IShID jangarilarining marralariga ilk marta havo zarbalari yo‘lladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligiga asoslangan holda The Washington Times nashri xabar tarqatgan.
Xabarda aytilishicha, o‘tgan haqdada niderlandiyaliklarning samolyotlari Suriyada va Iroq sharqida 10 marta parvozga chiqqan. Quruvchi samolyotlar bu uchishlar davomida harbiy manyovrlar o‘tkazib, bo‘lajak amaliyotlarga tayyorlanishgan.
Yanvar oyida Niderlandiyadagi nashrlar o‘z samolyotlari Suriyada ham, Iroqda ham havo zarbalari berishi haqida yozgandi. Niderlandiyaliklarning qiruvchi samolyotlari Iordaniyadagi aviabazaga joylashtirilgan.
Bundan oldinroq, AQSh Iroq hududiga yana 2ta F-16 samolyoti olib kelgani xabar qilingandi.