16 fevralda Moskvada yilning bu vaqti uchun anomal ob-havo sharoiti kuzatildi. Shahar ustidan kuchli yomg‘ir o‘tib, Moskva markazidagi ba'zi ko‘chalar suv bilan toshdi. Mojayskiy shossesining o‘zida suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun bir necha yuz mutaxassis jalb qilindi. Transport departamenti vaqtinchalik mashinalarda yurmaslikni tavsiya qildi.
Ob-havo yomonlashgani sababli shahar kommunal xizmatlari kunbo‘yi navbatchilik qilishga o‘tkazildi hamda buning uchun 300 ga yaqin avariyaviy brigada jalb qilindi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari anomal ob-havoni qizg‘in muhokama qilishdi. Tarmoqda yomon ob-havo sharoiti olib kelgan oqibatlarning surati va videolari chop etildi.