16 fevral kuni Kanada poytaxti Ottava shahrida keyingi 69 yil ichida rekord darajadagi qor yog‘di. Bu haqda Kanada Milliy Meteobyurosi xabar bergan.
Mahalliy vaqt bo‘yicha seshanba tunidan to kunduzgi soat 17:00gacha Kanada poytaxtiga 46 sm qalinlikda qor yog‘gan. Bu orqali 1947 yilda qayd etilgan 40.6 santimetrli rekord yangilandi.
Hozirgi vaqtda Ottavada qor yog‘ishda davom etmoqda. Sinoptiklarning taxminlariga ko‘ra, poytaxtda hali 50 santimetrdan ham qalinroq qor yog‘ishi mumkin. Bundan oldin meteorologlar 20-40 santimetrdan qalin qor yog‘maydi deb taxmin qilishgandi.
Ob-havoning noqulay kelishi, poytaxt aholisi turmush tarzini bir qadar qiyinlashtirdi. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, tongi soat 5dan kechki soat 5gacha, shaharda 120ta yul-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Shu munosabat bilan, qonun himoyachilari haydovchilarga shaxsiy avtoulovlardan foydalanmaslikni tavsiya qilmoqda.
TASS muxbirining guvohlik berishicha, yo‘llarda mashinalarning katta to‘dalari paydo bo‘lgan. Qor juda jadal qor yog‘ishi sabab, 3 qatnovli yo‘llar qisqarib, 1 qatnovli yo‘llarga aylangan.
Hozirgi vaqtda Ottavada jamoat transportlari qatnovida sezilarli kechikishlar kuzatilmoqda. Erta tongdan boshlab, maktab avtobuslari marshrutlari bekor qilindi. Chorshanba kuni shahardagi bir necha maktablar ishlamasligi mumkin.
Ottava aeroportida mazkur holat tufayli o‘nlab aviareyslar ushlanib qolmoqda yoki bekor qilinmoqda.
Hukumat muassasalarining ayrimlari, ob-havo noqulayligi sabab xodimlariga ishdan erta javob bermoqda.
Mahalliy vaqt bo‘yicha soat 19:50da bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan, Milliy Xokkey Ligasining "Ottava Senatorz" va "Baffalo Seyrbz" o‘rtasidagi o‘yin hali bekor qilinmagan.