"Griffon vertolyotlari Iroq shimolidagi harbiylarimiz xavfsizligini ta'minlash uchun", - deydi Kanada Milliy mudofaa vaziri Xardjit Sadjan. Bu haqida AFP agentligi xabar berdi. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyotlar kanada harbiylarini tashish uchun xizmat qiladi.
9 fevral kuni Kanada harbiy havo kuchlari joriy yilning 22 fevraliga qadar Iroq va Suriya hududidagi “Islom davlati” terrochilar guruhi obektlarini bombardimon qilish operatsiyalaridagi o‘z ishtirokini to‘xtatishi haqida ma'lum qilgandi.
AQSh boshchiligidagi xalqaro harbiy operatsiyalarga Kanada tomonidan 6 ta F-18 qiruvchi-bombardimonchi samolyot, ikkita CP-140 Aurora razvetka samolyoti, bitta Airbus SS-150 Polaris yoqilg‘i tashish samolyoti biriktirilgan.
2014 yilning oktabr oyida Suriya va Iroqqa Kanada hukumatining sobiq Bosh vaziri Stiven Xarper IShIDga qarshi harbiy harakatlar uchun kichik aviaguruh va ularga xizmat ko‘rsatuvchi 600 nafar harbiy xizmatchi jo‘natgandi. Kanada kontingenti Quvaytdagi aviabazaga joylashgan. Bundan tashqari, 69 nafar harbiy instruktor Iroq shimolida xizmat qilmoqda. Kanada missiyasi 2016 yilning mart oyida nihoyalanadi.