Internetda suv o‘tkazmas Galaxy S7 va S7 Edge’ning videosi paydo bo‘ldi

Fan-texnika 09:30 / 17.02.2016 5308

Samsung o‘zining navbatdagi Galaxy S7 smartfonini rasmiy ravishda 21 fevralda namoyish etishni rejalashtirgan, biroq kompaniyaning YouTube kanalida mazkur qurilmaga bag‘ishlangan video joylashtirilgan.

Videoda bashorat qilinayotgan Galaxy S7 va S7 Edge ko‘rsatilgan. Videorolikda detallar borasidagi axborot ko‘p emas, telefon dizayni hozirgi S6 ga juda o‘xshash, yomg‘ir segmentining mavjudligi qurilmalarning suv o‘tkazmas bo‘lishi haqidagi fikrlarni tasdiqlayapti.

Berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, qurilmaning yuqori qismida sim karta va mikro SD kartalar uchun joy ajratilgan.

Samsung Indonesia veb sahifasida Galaxy S7 “tunda yorug‘lik olib keladi” deyilgan. Bu esa kameraning yorug‘lik yetarli bo‘lmaganida yaxshi ishlashiga yordam beradi. Ushbu ma'lumotlarning to‘liq rasmiy shaklini yana taxminan bir haftadan keyin olish mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: