Hindistonda 7 dollarlik smartfon ishlab chiqariladi

Fan-texnika 10:49 / 17.02.2016 8328

Hindiston kompaniyasi Ringing Bells narxi 500 rupiy (yetti dollar)lik smartfon ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar beradi Mashable.

Gadjyet Freedom 251 deb ataladi va 3G moduli bilan ta'minlangan.

Bu Hindistondagi eng arzon smartfon bo‘ladi. Uning taqdimot marosimi 17 fevralga rejalashtirilgan.

Ringing Bells ushbu smartfonni ishlab chiqarishda chet eldan keltirilgan tarkibiy qismlardan foydalanadi, lekin smartfonning o‘zi “Hindistonda ishlab chiqarilgan” davlat dasturi doirasida Hindistonda yig‘iladi.

Hozir Hindistonda eng arzon smartfonlarni 1500 rupiy (22 dollar) dan 2000 rupiy (29 dollar) gacha narxlarda sotib olish mumkin. 2015 yilda Ringing Bells 4G modulli eng arzon (44 dollarlik) gadjyet ishlab chiqargan.

Hindistonda o‘rtacha 220 million foydalanuvchi bor, bu o‘lka dunyodagi smartfonlar eng ko‘p sotiladigan mamlakatlarning ikkinchisi hisoblanadi. Motorola, Gionee, Lenovo va Xiaomi kabi yirik kompaniyalar 2015 yilda ishlab chiqarish korxonalarini Hindistonga ko‘chirishgan.

Ko‘proq yangiliklar: