Fransiyalik tadbirkor restoraniga bankirlar kirishini taqiqlab qo‘ydi

Jamiyat 19:34 / 17.02.2016 4966

Parijning g‘arbiy tomoni Ryuey-Malmezon shahridagi Les Ecuries de Richelieu restoraniga bankirlar kirishi mumkin emas. Bu restoranga ko‘plab yulduzlar kelishadi.

Restoran xo‘jayini 30 yoshli Aleksandr Kalle bankirlar u bilan “itdek muomalada” bo‘lishgani uchun shunday qarorga kelganini bildirdi. Frantsuz ikkinchi restoranini ochish uchun 70 ming yevro qiymatida qarz so‘raganda, uning iltimosini juda ko‘p marta rad etishgan.

Restoran peshtoqida “Kuchuklar marhamat! Bankirlarga esa kirish taqiqlanadi (agar ular 70 ming yevro kirish badalini to‘lamasalar)” deb yozilgan. Kallening aytishicha, u “salomga yarasha alik olgan”.

Bu Kallening bankirlar bilan birinchi “to‘qnashuvi” emas. 23 yoshida birinchi restoran ochish maqsadida qarz so‘rab murojaat qilganida, unga 20 marta rad javobini berishgan.

Ko‘proq yangiliklar: