Tehrondagi sanksiya bekor qilingach, Erondagi bir qator banklar yana SWIFT xalqaro to‘lov tizimiga qayta ulanishdi.
"2012 yilning mart oyida mamlakatga nisbatan yadro dasturi tufayli xalqaro sanksiya kuchaytirilgach, Eron banklari SWIFT tizimidan uzib qo‘yilgan edi", deyiladi Reuters xabarida.
SWIFT vakillari banklarning aksariyati tizimga qayta ulangan, qolganlarida ham ulanish uchun harakatlar boshlanganini bildirishdi. Lekin tashkilot aynan qaysi banklar ulanganini ma'lum qilmadi.