Erdo‘g‘an Rossiya va Suriyani kurdlarga koridor yaratib berishda aybladi

Jahon 10:29 / 17.02.2016 5469

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya va Suriya hukumat qo‘shinlari Suriyaning shimolida "qaqshatqich operatsiya" o‘tkazayotganlarini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Erdo‘g‘an bu haqda Anqaradagi matbuot-anjumanida aytib o‘tdi.

Uning aytishicha, Suriya hukumat kuchlari Turkiya chegarasiga yaqinlashib, kurdlar uchun koridor yaratib berishdi. Erdo‘g‘an, shuningdek, Turkiyaning ittifoqchilari tomonidan unga bildirilgan tanqidni inkor qildi.

"Men bizning g‘arbdagi ittifoqchilarimizga yana bir murojaat qilmoqchiman: kurd o‘zini mudofaa qilish kuchlari va "Demokratik ittifoq" kurd partiyasi terrorchilik tashkilotlari hisoblanadi va tarix ularga shakllanishga yordam berganlarni kechirmaydi", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Avvalroq Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Rossiyani Suriyadagi shifoxonaga zarba berishda aybladi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi bu ayblovlarni inkor qildi. Rossiya mudofaa vazirligi esa Anqarani Suriyada nazoratni ushlab turish maqsadida axboriy urush olib borayotganlikda aybladi.

Ko‘proq yangiliklar: