Erdo‘g‘an Rossiya "Suriyada harbiy jinoyatlar amalga oshirish" yoqasida turganini aytdi

Jahon 21:24 / 17.02.2016 4622

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Rossiya Suriyada harbiy jinoyatlar sodir etish yoqasida turibdi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.

Bundan oldinroq ham Turkiya hukumati Suriya shimolida insonparvarlik yordamlari olib ketayotgan karvonni o‘qqa tutgani uchun Rossiyani "harbiy jinoyat"da ayblagandi. Turkiya TIV saytida bu boradagi bayonot e'lon qilingan.

Unda bir necha kun oldin Myunxenda o‘tkazilgan Suriyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha konferensiyada Turkiya va uning tarafdorlari rasmiy Moskvani urush harakatlarini to‘xtatishga chaqirgani, lekin Rossiya hujumlar uyushtirishni kuchaytirayotgani qayd etilgan. Unda shuningdek, xalqaro huquq asosida Rossiyaning harakatlari "harbiy jinoyatlar" sifatida baholanishi kerakligi ta'kidlangan.

Ko‘proq yangiliklar: