Erdo‘g‘an: Kurdlarning har bir o‘qiga ketma-ket o‘qlar bilan javob qaytaramiz

Jahon 22:34 / 17.02.2016 6133

Erdo‘g‘on Suriyadagi kurdlarga qarshi o‘t ochishlar davom etishiga va'da berdi.

Rasmiy Anqara Suriyadagi kurdlar tomonidan qilinayotgan hujumlarga javoban ularning bazalarini o‘qqa tutishda davom etadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on ma'lum qilgan.

Uning fikricha, "Kurdiston ishchilar partiyasi" va Suriyadagi kurdlar o‘rtasidagi qalin aloqalarni e'tiborga olmaslikni "dushmanona harakat" sifatida baholanadi.

Erdo‘g‘an o‘z navbatida yana bir marta AQSh hukumati yoki Turkiya yoki kurdlarni tanlashi kerakligini ta'kidlagan.

Turkiya artilleriyasi to‘rt kundan buyon Minneh aviabazasidagi kurd kuchlari jangarilarini to‘xtovsiz o‘qqa tutmoqda.

"Biz hech qachon ortga chekinmaymiz. Bizning chekinishimiz hech kimning xayoliga ham kelmasin. Suriyalik kurdlar tomonidan bo‘ladigan har bitta o‘q uzishga qatorasiga o‘q uzishlar bilan javob qaytaramiz", deb ta'kidladi Erdo‘g‘on chorshanba kuni Anqara qishloqlaridagi ma'muriyat vakillari bilan uchrashuv vaqtida.

2011 yilning mart oyidan buyon Suriyada davom etib kelayotgan qurolli mojarolarda BMT ma'lumotlariga ko‘ra, 220 mingdan ziyod kishi halok bo‘lgan. Hududda hukumat jangchilari hamda IShID va "Jabhat an-Nusra" kabi turli terrorchilik uyushmalari o‘rtasida to‘xtovsiz janglar davom etmoqda. Kurdlar ham bu nizolarning bir tomonida turibdi.

Ko‘proq yangiliklar: