BMT: Yamandagi to‘qnashuvlar 6 mingdan ziyod insonning hayotiga zomin bo‘lgan

Jahon 09:07 / 17.02.2016 2703

2015 yilning mart oyida Yamanga arab koalitsiyasi kuchlari kirgach qurolli to‘qnashuvlarning ortishi natijasida 6 mingdan ziyod inson halok bo‘ldi.

BMT Bosh kotibining Insonparvarlik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Stiven O'Brayyenning ta'kidlashicha, qurbonlarning 2997 nafari tinch aholi vakillari edi. Shuningdek Yamanning 5659 nafar fuqarosi otishmalar va yog‘dirilgan bombalar natijasida jarohat olgan.

Stiven O'Brayyenning so‘zlariga ko‘ra, husiychilar hamda Saudiya Arabistoni boshchiligida koalitsiyani qo‘llab-quvvatlayotgan hukumat kuchlari orasidagi kelishmovchilik davom etib kelayotgan Yamanda 11 oy ichida jami 6 mingdan ziyod inson qurbon bo‘lgan va 29 mingga yaqini og‘ir tan jarohati olgan.

Ko‘proq yangiliklar: