Avstriya bir kunda xalqaro himoya to‘g‘risida boshqa mamlakatlarga ariza topshirish huquqiga ega bo‘lgan 3200 nafarga yaqin kishini qabul qiladi.
Avvalgi xabarlarda Avstriya hukumati Sloveniya bilan birgalikda chegarada muhojirlar uchun kundalik kvotalarni yo‘lga qo‘yishini ma'lum qilgan edi. Bu haqida mamlakat IIV rahbari Yoxanna Mikl-Lyatner xabar bergan.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat o‘nlab chegara nuqtalarida nazorat chora-tadbirlarini joriy etishni o‘rganib chiqmoqda.
Germaniya Federativ Respublikasi maxfiy xizmati rahbari Xans Georg Maascen terrorchilar muhojirlar bilan birga Germaniyaga kirib borayotganini ta'kidlab o‘tdi.