AQSh Milliy xavfsizlik agentligi minglab odamlarning o‘limiga daxldorlikda ayblanmoqda

Jahon 19:28 / 17.02.2016 7888

Human Rights Data Analysis Group olimi Patrik Bol AQSh Milliy xavfsizligi Pokistonni bombardimon qilishda foydalanilgan avtomatik o‘quv mashqlari natijalarini ma'lum qildi. Olimning so‘zlariga ko‘ra, ular ilmiy jihatdan asossiz.Tizimdagi xatoliklar sababli minglab aybsiz odamlar halok bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

2004 yildan beri Pokistonda uchuvchisiz samolyotlar yordamida 2,5 mingdan 4 minggacha kishi o‘ldirilgan, ularning ko‘pchiligi AQSh hukumati tomonidan ekstremistlar deb topilgan.

Edvard Snouden tomonidan ommaga ma'lum qilingan hujjatga ko‘ra, Skynet hukumat dasturi Pokiston mobil telefon tarmog‘ini ommaviy ravishda kuzatishda ishtirok etgan, metama'lumotlar to‘plagan va u yoki bu odam terrorchi ekani ehtimolini baholash uchun mashina mashqlari algoritmlaridan foydalangan.

Tizim 80dan ortiq ko‘rsatkichlarni baholagan, ular orasida odamning kundalik xulq-atvori va uning boshqa mamlakatlarga sayohat qilish andazalari ham bor. Dastur terrorchining xulq-atvori oddiy fuqaronikidan farq qiladi degan fikrga asoslanadi, biroq 2015 yilning bahorida tarmoqqa kelib tushgan ma'lumotlarga ko‘ra, tizim tomonidan qabul qilingan ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng baland reyting Islomoboddagi “Al-Jazira” telekompaniyasi sobiq rahbari Ahmad Zaydonga tegishli bo‘lgan.

U terrorchilar faoliyat olib boradigan hududlarga tez-tez safar uyushtirgan, uning surati Skynet faoliyati taqdmotlarida “Al-Qoida a'zosi” belgisi bilan tushdi. Jurnalistning o‘zi bu ayblovlarni inkor etgan.

Shuni qayd etish lozimki, mashhur terrorchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlardan modelni mashq qildirish va tekshirish uchun foydalanish uchun ularning soni ko‘p emas. Agar ulardan bir xil ma'lumotlarni o‘rganish uchun ham, testlar uchun ham foydalanilsa, ularning bahosi hech qanday qiymatga ega emas.

Tizimning hozirgi kunda faoliyat yuritish yoki yuritmasligi ma'lum emas.

Ko‘proq yangiliklar: