Apple Federal qidiruv byurosining talabini rad etdi

Jahon 19:40 / 17.02.2016 2401

2 dekabr kuni Kaliforniyaning San-Bernardino shahrida bo‘lgan otishmada 14 kishi halok bo‘lgan. Aniqlanishicha, hujum qilganlar - yosh er-xotinlar – IShIDga aloqador bo‘lgan.

"Tergov jarayonida ayfon topilgan, lekin FQB vakillari telefon parollangani uchun undagi ma'lumotlardan foydalana olishmagan. 16 fevral kuni jahon sudi Apple`ga maxsus xizmatga terroristning qulflangan telefonini ochishda yordam berish majburiyatini yuklagan", deb xabar beradi Associated Press.

Apple FQBning talabiga Tim Kuk bergan yozma javobini kompaniyaning saytida ham joylashtirishdi. Kompaniya rahbari barcha mijozlarini muammoni jamoaviy muzokara qilishga chorladi.

Kuk San-Bernardino terakti bo‘yicha Apple`da mavjud barcha ma'lumotlarni allaqachon taqdim etganini bildirdi. Lekin endi FQB kompaniyadan parol qulfini yecha oladigan yangi iOS proshivkasi (bekdor – “orqa eshik”)ni ishlab chiqishni talab qilyapti. Bunday holatda ayfonlarning daxlsizligiga kafolat qolmaydi.

Bu - Amerika hukumati mijozlarining telefonlari orqali ularning shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanishni talab qilayotgan birinchi holat emas.

Ko‘proq yangiliklar: