Anqarada portlash: Qurbonlar soni ortmoqda

Jahon 22:54 / 17.02.2016 12421

17 fevral oqshomida Turkiya poytaxti Anqara shahrida yuz bergan portlash natijasida kamida 5 kishi halok bo‘lgan va 10dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda shahar joylashgan viloyat gubernatori Mehmet Qilichlarga asoslanib, Hürriet agentligi xabar tarqatdi.

Portlash harbiylar yashaydigan yotoqxona binosi oldiga yurib kelgan avtomobildagi portlovchi qurilmaning harakatga keltirilishi orqali ro‘y bergan.

Portlashdan keyin binoda yong‘in chiqqan, bino tomida baland qora tutun ustuni paydo bo‘lgan.

Voqea joyida tibbiyot xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchi guruhlar ish olib borishmoqda.

Hodisa haqida mamlakat bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li rasman xabar bergan. Hukumat partiyasi vakillaridan biri bu portlashni terakt sifatida baholagan.

Anqarada kuchli portlash sodir bo‘ldi

Anqaradagi portlash qurbonlari soni 11 kishiga yetdi

Anqaradagi portlash qurbonlari soni 20 nafardan, jarohatlanganlar soni 60 nafardan oshib ketdi

Ko‘proq yangiliklar: