Anqarada sodir etilgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy OAV Anqara gubernatori Mexmet Kilichlarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.
Avval 5 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Portlash harbiy yotoqxona oldida portlovchi modda bilan to‘ldirilgan mashinani portlatish orqali sodir etilgan. Portlatishdan maqsad xizmatdan yotoqxonaga qaytayotgan harbiylarga hujum qilish bo‘lgan.
Turkiya hukumati portlashni terakt deb tan oldi. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, shifokorlar va politsiya xodimlari ishlamoqda.