O‘zining “Politsiya akademiyasi” va “Tutsi” kabi mashhur filmlari orqali tanilgan Jorj Geyns 98 yoshida vafot etdi. Variety jurnali Geyns nafaqat mahoratli aktyor, balki yaxshi qo‘shiqchi ham bo‘lganini qayd etib o‘tgan.
Marhum 100dan ortiq televizion drama va komediyalar, 35ta filmda rollar ijro etgan. Bundan tashqari, u AQSh va Yevropadagi ko‘plab musiqali komediya va operalar, pesalarda ham ishtirok etgan.
Asl familiyasi Yongeyans bo‘lgan aktyor Xelsinkida rus-golland oilasida tug‘ilgan. Amerikaga ko‘chib borgach, aktyor o‘z familiyasini Geynsga o‘zgartiradi.
Jorj Geyns “Politsiya akademiyasi” filmining 7ta qismida komendant Erik Lassard roli orqali kinoixlosmandlar ko‘nglidan joy olgandi.