Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Olmaota shahrini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish mavzusiga to‘xtalib o‘tdi.
Nazarboyev ma'lumoti bo‘lmagani tufayli ko‘cha tozalovchi sifatida ishga olinmagan, pomidorlar sabab bo‘lib yirik firmaga asos solgan tadbirkor to‘g‘risidagi voqeani yodga oldi.
“Biz uchun odamlarning o‘z imkoniyatlaridan foydalanishlari muhim. Qishloqdagi yigitlar bizneslarini tashkil etishmoqda, amalga oshirish mumkin bo‘lgan g‘oyalar ko‘p. Germaniya iqtisodiyotining 75 foizini kichik va o‘rta biznes ishlab chiqaradi. Ular ham inqirozdan muvaffaqiyatli tarzda chiqishmoqda. Kichik va o‘rta biznes nafaqat ish o‘rinlari, balqi barqarorlik ham demakdir. Agar sen ishlasang, senda uy, oila, mashina va zavod bor, bu yerda sharoit yaratib olishni istaysan va yaxshiroq ishlaysan”, - deya qayd etdi Nursulton Nazarboyev.
“Qozog‘istonda uch mingga yaqin xonadonlar quriladi. Shu sababli biznesni rivojlantirish uchun ko‘plab imkoniyatlar paydo bo‘ladi. Bu do‘konlar, bo‘yoqlar va matolar. Asosiysi odamlarni tadbirkor bo‘lish va reja tuzishga o‘rgating”, - deya aniqlik kiritdi Nursulton Nazarboyev.