Qashqadaryo viloyatida 2015 yilda 3 ming 309 tonna baliq yetishtirildi

Iqtisodiyot 17:22 / 16.02.2016 2908

Qashqadaryo viloyatida maxsus dastur asosida baliqchilikni rivojlantirish maqsadida ko‘plab tabiiy va sun'iy havzalar barpo etildi.

Qashqadaryoda baliqchilikni rivojlantirishning dolzarb vazifalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan seminarda ma'lumot berilishicha, o‘tgan 2015 yilda viloyatda 3 ming 309 tonna baliq yetishtirildi. Joriy yilda esa viloyatda baliq yetishtirishga ixtisoslashgan 89 yangi xo‘jalik tashkil etish, baliq ovlash hajmini 6 ming 150 tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda.

Seminarda tabiiy suv havzalarida qafas usulida yoki sun'iy suv havzalari tashkil etish orqali baliq yetishtirish, tez yetiladigan, kasalliklarga bardoshli baliq turlarini ko‘paytirish, mahsulotlarni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama etildi.

Manba: Uza.uz

Ko‘proq yangiliklar: