2016 yilning 10-13 fevral kunlari Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun Byurosiga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegatsiyasining tashrifi tashkil etildi. Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasida 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Munosib mehnat dasturini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun Byurosi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik chora-tadbirlarining 2015 yilda bajarilishi muhokama qilindi, 2016 yilgi ishlar rejasi yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Xususan, joriy yilda ijtimoiy sheriklikni yanada mustahkamlash, munosib bandlik sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirish, mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga ko‘maklashish yo‘nalishlarida hamkorlikda amalga oshiriladigan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.