O‘zbek olimlari atmosferaga chiqarilayotgan zaharli zarralar tarqalish jarayonini monitoring qiladigan dastur tuzishdi

Jamiyat 17:45 / 16.02.2016 3443

O‘zbekiston milliy universiteti qoshidagi Matematika instituti dasturchilari "Eko-monitoring" dasturini ishlab chiqishdi.

Mazkur dastur O‘zbekistonning sanoat hududlarida ishlab chiqarish obektlaridan atmosferaga chiqarib tashlanayotgan zaharli zarrachalar tarqalish jarayonining ekologik holatini monitoring qilish va bashoratlash uchun mo‘ljallangan.

Dastur yangi qurilayotgan sanoat obektlarini joylashtirishning ekologik maqbul variantlarini tanlash, grafik boshqaruv interfeysiga ega, asosiy parametrlar hamda ob-havo va iqlimiy omillarni kiritish uchun oyna, EHMda sonli hisob-kitob o‘tkazish uchun oyna, o‘tkazilgan hisoblash eksperimentlarini grafik obektlar ko‘rinishida vizuallashtirish uchun oyna kabi funksional imkoniyatlarga ega.

Intellektual mulk agentligi xabariga ko‘ra, dasturiy majmuadan atmosferaning ekologik holati va atrof-muhit muhofazasini monitoring qilish hamda bashoratlash muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning tadqiqotchi va mutaxassislari foydalanishlari mumkin.

Mualliflar - Ravshanov Normaxmad, Sharipov Daler va Axmedov Dilshodga ushbu dastur uchun № DGU 03424 raqamli guvohnoma berildi.

Ko‘proq yangiliklar: