Neymar «Barselona» bilan shartnomasini uzaytiradi va Messidan keyingi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi

Sport 15:25 / 16.02.2016 3172

Braziliyalik hujumchi Neymar «Barselona» bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi bir necha oy ichida yangi shartnomaga qo‘l qo‘yadi. Tomonlar nihoyat ikkala tarafni ham qoniqtiradigan kelishuvga erishishgan.

Qayd qilinishicha, «Barsa» oldingi taklfini sezilarli ravishda yaxshilagan. Yangi shartnomaga ko‘ra Neymarning oyligi Lionel Messidan keyin jamoadagi eng ko‘p miqdorni tashkil qiladi. Hozirda hujumchi bu borada «blaugrana»larning yettinchi futbolchisi sanaladi.

Bundan tashqari, kataloniyaliklar yangi shartnomani futbolchi bilan soliq idoralari o‘rtasidagi muammo kelib chiqmaydigan, qonun buzilish holatlari uchramaydigan qilib ishlab chiqishgan.

Ko‘proq yangiliklar: