Qozog‘iston respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev Olmaotani rivojlantirish va 2017 yilda bo‘lib o‘tadigan XXVII Butunjahon Qishki Universiadaga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda qozog‘istonliklar xom-ashyo resurslarisiz yashashni o‘rganishlari kerakligini aytib o‘tdi.
“Biz ustimizga tilla yomg‘ir yog‘ishini kutib o‘tirishimiz kerak emas. Har bir inqiroz bu - yangi taraqqiyotdan oldingi bosqichdir. Endilikda xom-ashyo siyosatidan yiroqlashishimiz lozim. Davlat inqirozdan eng kam yo‘qotishlar bilan chiqish choralarini ko‘rmoqda”, - dedi mamlakat prezidenti.
Davlat rahbari qayd etganidek, inqirozga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilingan. Uch trillion tangaga yaqin mablag‘ 18 mingga yaqin yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beradi.
“Agar kursni ushlab turishda davom etganimizda, biz barini sarflab yuborgan bo‘lar edik. Hozir esa pullarni mamlakat rivoji uchun sarflayapmiz. E'tibor bering. Cheklanganlikni hisobga olgan holda moliyalashtirishdan eng optimal tarzda foydalanish lozim”, - dedi elboshi.
“Investitsiyalarni jalb etish ustida ish olib borish kerak. Davlat mablag‘ining har bir tangasida 2-3 tanga xususiy investitsiya bo‘lishi kerak”, deya qo‘shimcha qildi u.