Misr sudi "Zamalek" jamoasining 15 nafar muxlisiga jamoa prezidenti hayotiga suiqasd uyushtirishgani uchun qamoq jazolarini tayinladi.
AFP nashri xabariga ko‘ra jamoaning "Oq ritsarlar" nomli ultra fan-klubi vakillari prezident Murtad Mansurni o‘ldirmoqchi bo‘lishgan.
Bundan oldin ham jamoa bilan shunga o‘xshash holat sodir bo‘lgan, 2014 yilning avgustida "Zamalek"ning 4 nafar muxlisi bosh qarorgohga uyushtirilgan hujum uchun ayblanib qamoqqa tashlangandi.
Misrdagi jamoa bosh murabbiyni ilk mag‘lubiyatdan keyinoq ishdan bo‘shatdi