Merkel Suriyada parvozlardan xoli hudud yaratishni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi

Jahon 07:24 / 16.02.2016 1816

Germaniya kansleri Angela Merkel Stuttgarter Zeitung nashriga bergan intervyusida Suriyada parvozlardan xoli hudud yaratishni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi.   

"Yuzaga kelgan vaziyatda parvozlardan xoli hudud singari kurashayotgan kuchlardan biri havoda hujumlar o‘tkazmaydigan hudud yaratilsa foydali bo‘lardi", deb aytdi Merkel.

Merkelning aytishicha, bunday muzokaralarni IShID jangarilari bilan o‘tkazishning iloji yo‘q. "Biroq bunday kelishuv Asadga qarshi kurashayotgan koalitsiya va Asad tarafdorlari bilan tuzilganda bu foydali bo‘lardi", deb qo‘shimcha qildi Merkel.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Suriya havo hududida parvozsiz hudud kiritish zaruriyati borligini ko‘rmayotganini aytgandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa 2015 yil dekabrda Turkiya Suriyada parvozsiz hudud yaratilishini talab qilishini aytgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: