"Fenerbahche" "Lokomotiv"ga qarshi o‘yin arafasida o‘z muxlislaridan futbolga siyosatni aralashtirmaslikni so‘radi

Sport 17:11 / 16.02.2016 3247

Turkiyaning "Fenerbahche" jamoasi rasmiy sayti orqali 16 fevral kuni Yevropa ligasining 1/16 bosqichida Rossiyaning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan bahs oldidan o‘z muxlislariga murojaat qildi.

Jamom rahbariyati bu o‘yinni UYeFA vakillari sinchkovlik bilan kuzatib borishidan ogohlantirgan va muxlislardan o‘yin vaqtida nojo‘ya harakatlarni amalga oshirmaslikni so‘ragan.

Xususan, "Fenerbahche" rahbariyati muxlislardan o‘yin vaqtida hech qanday siyosiy shiorlar aytmaslikni va raqibni haqoratlashning istalgan shaklidan tiyilishni so‘ragan. Bundan tashqari, muxlislardan tribunadagi o‘tish joylarida o‘tirmaslik, maydonga yugurib chiqmaslik va maydonga turli buyumlar (petarda va mash'alalar) uloqtirmaslik so‘ralgan.

"Fenerbahche" va "Lokomotiv" uchrashuvi Istanbul shahridagi "Shukur Sarajo‘g‘li" nomli stadionda 16 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta'kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tgan.
Rossiya tomoni bu davoni tan olmagan.

Shundan so‘ng, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Rossiya 2016 yilning 1 yanvaridan Turkiya bilan vizasiz rejim to‘xtashini ma'lum qilgan.

Rossiyalik mutaxassis: Yevropa Ligasida "Lokomotiv" Turkiya jamoasiga qarshi o‘ynashi oldi olinishi kerak edi

"Lokomotiv" futbolchisi: Bu bosqichda Turkiya jamoasi raqib bo‘lishini istamagandim

UYeFA "Lokomotiv" va "Fenerbahche" o‘yinlari betaraf maydonga ko‘chirilmasligini ma'lum qildi

Ko‘proq yangiliklar: