BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Suriyadagi 5 ta shifoxona va 2 ta maktabning raketa bilan o‘qqa tutilishi oqibatida 50 ga yaqin tinch aholi vakili halok bo‘lganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Chicago Tribune nashri.
BMT bosh kotibining rasmiy vakili Farxon Haqning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida bolalar bor.
Haqning ta'kidlashicha, Pan Gi Mun shifoxona va maktablarning o‘qqa tutilishini "xalqaro huquqning chidab bo‘lmas qoidabuzarligi" deb atagan.
"Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti ko‘mak ko‘rsatadigan shifoxonaning o‘qqa tutilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Suriyaning Rossiyadagi elchisi Riyod Haddod "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida shifoxonaga zarbalar AQSh samolyotlari tomonidan berilganini aytdi.