Bugun, 16 fevral oqshomida Yevropa Chempionlar ligasining pley-off o‘yinlariga start beriladi.
Nimchorak bosqichida o‘tgan yilning kuzidagi guruh bosqichida o‘z guruhlarida 1 va 2 o‘rinlarni egallagan jamoalardan tuzilgan juftliklar o‘zaro bahs olib boradi.
Bosqichning birinchi kechasiga 2ta o‘yin belgilangan. Parijda "PSJ" "Chelsi"ni qabul qilsa, Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi Portugaliyaga, Lissabonning "Benfika" jamoasi maydoniga safar qiladi.
Bu o‘yin arafasida "Chelsi"ning belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azarning faoliyatini aynan "PSJ"da davom ettirishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Londonliklar murabbiyi Guus Xiddink esa bunday darajadagi futbolchi yuqori saviyali ligada to‘p surishi kerakligini ta'kidlab o‘tdi.
Ayni vaqtda "Chelsi" APLda 26 turdan keyin 33 ochko bilan 12 o‘rinda joylashgan. "PSJ" esa Fransiya chempionligini deyarli naqd qilgan. Parijliklar 26 tur o‘yinlaridan keyin 70 ochko to‘plagan va ikkinchi o‘rindagi "Monako" jamoasini 24 ochkoga ortda qoldirib ketgan.
"Benfika" ayni vaqtda Portugaliyada chempionatida 22 tur o‘yinlaridan keyin "Sporting"dan 3 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda joylashgan. Rossiyada esa ayni vaqtda qishki ta'til davom etmoqda. "Zenit" birinchi davra yakunida 30 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinni olgandi. Piterliklar ta'til vaqtida 3 marta yig‘in o‘tkazishdi, uchinchi yig‘in Portugaliyaga yondosh Ispaniyada bo‘lib o‘tdi.
O‘yinlar Toshkent vaqti bilan 17 fevralga o‘tar kechasi soat 00:45da boshlanadi.
17 fevral kuniga "Gent" va "Volfsburg" hamda "Roma" va "Real" bahslari o‘tkaziladi.
Nimchorak finalning keyingi haftasida yana 4ta o‘yin o‘tkaziladi. 23-24 fevral kunlari "Arsenal" - "Barselona", "Yuventus" - "Bavariya", "PSV" - "Atletiko", "Dinamo Kiyev" - "Manchester Siti" juftliklari uchrashadi.