Toyota kompaniyasi Ayti prefekturasidagi zavodda portlash oqibatida yuzaga kelgan, bir qator detallar uchun maxsus po‘latlarning yetishmayotgani sababli to‘xtatib qo‘yilgan Yaponiyadagi 16 ta zavodini to‘liq ishga tushirdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Kompaniya majburiy to‘xtashdan keyin 80 mingta avtomobil ishlab chiqara olmadi va ko‘rilgan zararni yaqin orada qoplab olishni rejalashtirmoqda.
Ma'lum qilinishicha, portlash yuz bergan zavodda ta'mirlash ishlari mart oyida yakunlanadi. Kompaniya bu orada vaqtinchalik po‘lat yetkazib beruvchilarni topishga muvaffaq bo‘ldi.
Avvalroq Toyota 8 fevraldan 13 fevralgacha Yaponiyada avtomobillar ishlab chiqarishni to‘xtatishi ma'lum qilingandi.