Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe adashib xotiniga itlar uchun mo‘ljallangan bioqo‘shimcha bergan. “Bir kuni xotinimga sezamin sotib oldim. U hammasini qabul qilib bo‘lgachgina bu antioksidant hayvonlar uchunligini bilib qoldik” – deb tan oladi bosh vazir.
Siyosatchi tekshirib, dorilarning tarkibi bir xil ekaniga ishonch xosil qilgan. Uning turmush o‘rtog‘i Akie Abe Yaponiyada nozik did-farosati va hazil-mutoyibaga moyilligi bilan mashhur. Bosh vazir bu anglashilmovchilikka xotini qanday munosabat bildirgani haqida gapirmadi.
Sezamin – antioksidant va yallig‘lanishga qarshi ta'sir etuvchi biologik faol qo‘shimcha. U kunjut urug‘laridan tayyorlanadi, moddalar almashinuvi va terining tozaligi va tiniqligini quvvatlash uchun foydalaniladi.