Vagiz Galiulin «Ufa»ni tark etib «Tosno» klubiga o‘tdi

Sport 20:36 / 15.02.2016 3185

Rossiyaning «Ufa» jamoasida to‘p surib kelayotgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Vagiz Galiulin klub bilan kelishgan holda shartnomasini bekor qildi. Bu haqda ufaliklar rasmiy saytida xabar berilgan.

«Ufa» klubi o‘tgan vaqt davomidagi hamkorlik uchun Vagizga minnatdorchilik bildirgan va futbolchiga kelgusi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilagan.

Ma'lum qilinishicha, 28 yoshli futbolchi o‘z faoliyatini Rossiyaning ikkinchi ligasidagi «Tosno» jamoasida davom ettiradi. Joriy mavsumda yarim himoyachi Rossiya chempionatida 11ta, Kubok bahslarida esa 2ta o‘yinda maydonga tushgan.

Ma'lumot uchun, «Tosno» professional futbol klubi Leningrad viloyatining Tosno shahrida joylashgan bo‘lib, 2013 yilda tashkil topgan.

Galiulin futbolchilik faoliyatini 2002 yilda «Andijon» jamoasida boshlagandi. U 2008 yilda Rossiya chempionatida, «Rubin» jamoasidagi ishtiroki orqali debyut qilgandi. Keyinroq u «Sibir» va «Neftximik» jamoalarida ham o‘ynadi. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 12ta o‘yin o‘tkazgan.

Vagiz Galiulin Tulaning «Arsenal» jamoasi safiga o‘tishi mumkin

Ko‘proq yangiliklar: