"Toshshahartransxizmat" AK "WiFi-BUS" loyihasi sinovining dastlabki bosqichi muvaffaqiyatli o‘tganini ma'lum qildi

Jamiyat 16:15 / 15.02.2016 3097

Avvalroq Toshkentdagi 14-yo‘nalishdagi to‘rtta avtobusda bepul Wi-Fi tarmog‘i ishlay boshlagani xabar qilingandi.

«WiFi-BUS» loyihasi doirasida 14-yo‘nalishdagi to‘rtta avtobus sinov rejimida internet-uskunalar bilan jihozlandi

"Sinovning dastlabki bosqichi muvaffaqiyatli kechdi. Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad internet tarmog‘iga ulanish parametrlarini tekshirishdan iborat bo‘ldi" deb xabar qiladi «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik kompaniyasi axborot xizmatiga asoslanib, uz24.uz nashri.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning fevral - mart oyida yakuniy sinovlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Sinovlarning muvaffaqiyatli natijalaridan so‘ng loyiha to‘liq ko‘lamda ishga tushiriladi. «WiFi-BUS» larda yo‘lovchilariga bepul internetdan foydalanishi imkoniyati yaratiladi.

Toshkent avtobuslarida yo‘lga qo‘yilgan Wi-Fi internet tezligi mobil operatorlarnikidan qolishmayapti

Ko‘proq yangiliklar: