"Arsenal"ning sobiq hujumchisi Terri Anrining fikricha, "Manchester Siti" jamoasida ichki muammolar mavjud, chunki "Tottenxem" bilan uchrashuvda jamoaning birorta ham o‘yinchisi yosh hujumchi Kelechi Ixeanachoning golini u bilan nishonlamadi. "Shaharliklar" uchrashuvning 53-daqiqasidan minimal hisobda yutqazayotgan edilar, 74-daqiqada nigeriyalik futbolchi hisobni tenglashtirdi. Biroq shunga qaramay, shaharliklar uchrashuvni 1:2 hisobida yutqazdilar.
"Hisob tenglashdi, biroq "Siti"dan hech kim golni Ixeanacho bilan nishonlagani bormadi. U burchaqdagi bayroq oldida bir o‘zi urgan golini nishonladi. Kompani va yana kimdir uning ortidan chopa boshlagandek tuyuldi, biroq keyin to‘xtadilar. Balki men "Man siti" borasida nimanidir oshirib yuborayotgandirman, biroq jamoadan hech kim Kelechi bilan golni nishonlagani bormadi va bu biroz g‘alatiroq", deb Anri aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi Sky Sports nashri.