Suriya tashqi ishlar vazirligi mamlakat hududiga turk harbiylari bostirib kirganini ma'lum qildi

Jahon 07:33 / 15.02.2016 6662

Turkiyalik harbiylar pulemyotlar bilan jihozlangan 12 ta pikapda Suriya chegarasini kesib o‘tdilar, deb xabar bermoqda Suriya tashqi ishlar vazirligi bayonotiga iqtibos keltirgan holda Sana axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, pikaplarda 100 nafargacha qurollangan odamlar bor, ular orasida turk askarlari va yollanma jangchilar bo‘lishi mumkin.

"Turkiya artilleriyasining Suriya hududini o‘qqa tutishi qurollangan terrorchilik guruhlariga bevosita ko‘mak ko‘rsatadi", deb aytildi Suriya tashqi ishlar vazirligining BMT bosh kotibi va Xavfsizlik kengashi raisiga yuborilgan maktubida.

Avvalroq OAVda Turkiya suriyalik kurdlarning pozitsiyalarini o‘qqa tutishni davom ettirayotgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: