Pokistonda 14 fevral kuni temir yo‘lni kesib o‘tishda to‘xtab qolgan mikroavtobusni poyezd urib ketishi oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda tibbiyot xodimlariga asoslangan holda AFP xabar tarqatgan.
Bu voqea mamlakatning yirik shahri Karachidan 170 km shimolda yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu to‘qnashuv oqibatida poyezddagilardan hech kim jabrlanmagan.