Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Brennanning aytishicha, terrorchilar AQShga hujum qilishni rejalashtirayotgani mumkin. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.
"Men ular hujumlarni amalga oshirish uchun AQShga o‘zining shaxsiy tarkibi, materiali va kerak bo‘ladigan barcha narsalarni olib o‘tishga yoki odamlarni jalb qilishga urinib ko‘radi, deb o‘ylamoqdaman", deb aytdi Brennan.
Brennan terrorchilar bunday harakatlar bilan G‘arb va islom dunyosi o‘rtasida ixtilof keltirib chiqarishga urinayotganlarini ta'kidlab o‘tdi va AQShning ularning davlatlarini nazoratga olish niyati haqidagi gaplar haqiqatdan yiroqligini aytdi.