Malayziya neft narxining keskin pastlashi oqibatida jiddiy ziyon ko‘radi

Iqtisodiyot 13:56 / 15.02.2016 2653

Malayziya 2016 yilda neft va gaz narxining keskin pastlashi tufayli 40 mlrd ringit (taxminan 9,6 mlrd dollar) atrofida ziyon ko‘radi.
Mamlakat bosh vaziri Najib Razzoqning so‘zlariga ko‘ra, agar davlatning 2015 yilgi 6 foizlik QQS ni kiritish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinmaganda vaziyat bundan ham yomon bo‘lardi.

Moliya vaziri ham hisoblangan Najib Razzoqning aytishicha, 28 yanvar kuni ushbu yil byudjyetini qayta ko‘rib chiqish, jumladan, hukumat xarajatlarining ma'lum qismini qisqartirish, shuningdek, qator soliq to‘lovlarini oshirishni ko‘zda tutuvchi maxsus choralar ham taqdim etilgan.

2016 yil uchun byudjyetini tashkil etayotganda Malayziya rasmiylari neft narxini 48 dollar deb hisoblashgandi, keyin tuzatishlar hisobiga qora oltinning narxi bir barrel uchun 30-35 dollar atrofida deb belgilab qo‘yildi.

Ko‘proq yangiliklar: